Dzyudochilarimiz Checheniston poytaxtiga yo‘l olishdi

CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bugun tongda Rossiyaning Grozniy shahriga yo‘l olishdi. Farhod To‘raev boshchiligidagi hamyurtlarimiz oldinda turgan yirik musobaqalar oldidan Checheniston poytaxtida yig‘in olib borishadi.

Tecno

Mazkur yig‘inda ishtirok etadigan dzyudochilarimizning asosiy qismi 22 iyun kuni yurtimizga qaytib kelishsa, 24 iyundan poytaxtimizdagi tayyorgarlik davom ettiraladi. Unda ishtirok etayotgan polvonlarimiz ro‘yxati quyidagicha:

Diyorbek O‘rozboev
Sharofiddin Lutfillaev
Kemran Nurillaev
Sardor Nurillaev
Shahram Ahadov
Obidxon No‘monov
Hikmatilloh To‘raev
G‘iyosjon Boboev
Suhrob Tursunov
Sharofiddin Boltaboev
Davlat Bobonov
Doston Meyliev
Yahyo Imomov
Muhammadkarim Xurramov
Aloviddin Jo‘raqulov

Ta’kidlash joiz, dzyudochilarimiz uchun ham mas’uliyatli palla yaqinlashib kelmoqda. Zero, ularni avgust oyida Tokio shahrida o‘tadigan jahon chempionati va sentyabr oyida Toshkent Gran-prisi kutib turibdi. Ushbu yig‘in mazkur musobaqalarga tayyorgarlik bosqichlardan biridir.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!