
Dzyudochilarimiz Parij Olimpiadasiga rekord darajada litsenziya qo‘lga kiritishdi
Parij-2024 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoamiz a’zolari soni tasdiqlandi. E’tiborlisi, delegatsiyamiz o‘z tarixida ilk bor rekord darajada dzyudochi bilan Olimpiya o‘yinlarida qatnashadi. Erkaklar to‘liq (7 dzyudochi) tarkibda, ayollar esa 4 ta vaznda Parijga boradi. Shuningdek, dzyudochilarimiz jamoaviy miks bahslarida ham qatnashadi.
Shu tariqa, Parij-2024 Olimpiadasi uchundzyudochilarimizning qo‘lga kiritilgan jami litsenziyalari 12 tani tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, shu kunlarda ayollar terma jamoamiz Yaponiyaning Tokio shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Erkaklar terma jamoamiz esa kuni kecha Xorvatiyadan yurtimizga qaytib keldi.
Fikrlar