Dzyudochilarimizning Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashadigan tarkibi ma’lum

  • 26 may, 2022, 10:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Qisqa tanaffusdan so‘ng dzyudo yana qaytmoqda. 3-5 iyun kunlari Gruziya poytaxti dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniriga mezbonlik qiladi. Dunyoning 38 davlatidan 300 nafarga yaqin sara polvonlar ishtirok etadigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham qatnashadi.

Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoamiz ayni paytda Samarqandda bo‘lajak startga so‘nggi tayyorgarlikni olib bormoqda. Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, Tbilisi musobaqasida deyarli zaxira vakillaridan iborat erkaklar terma jamoamiz qatnashadi. Bu orqali ularga jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarini jamg‘arib olish imkoniyati taqdim qilinmoqda. To‘liq tarkib quyidagicha:

-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Bobur Vadjiev
-73 kg: Obidxon No‘’monov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-81 kg: Ulug‘bek O‘roqov
-90 kg: Bahodir Panjiev
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov
-100 kg: Otabek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!