EChL. "Borussiya" - "Milan" uchrashuvida g‘olib nomi aniqlanmadi. "Latsio" esa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • 5 oktabr, 2023, 02:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" - "Milan" uchrashuvi 0:0 hisobi bilan tugadi. Ikkala tomonda ham bir qancha imkoniyatlar bo‘lishiga qaramasdan darvozalar ishg‘ol qilinmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. 

Shu tariqa, "Borussiya" guruhida 4-pog‘onada qoldi. "Milan" esa 3-o‘ringa joylashdi. 

"Seltik" - "Latsio" bahsida italiyalik so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. 

Dastlab, Furuhashi hisobni ochgan bo‘lsa, Vesino javob qaytardi. 90+5 daqiqada esa Pedro g‘alaba golini urib ketdi. 

3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Latsio" guruhida 2-o‘ringa, "Seltik" esa 4-o‘ringa joylashdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!