EChL finaliga qaysi shahar mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 7 iyun, 2020, 16:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, Evropa chempionlar ligasining joriy mavsumi final bahsi Portugaliyada o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Tecno

Mamlakat poytaxti Lissabon final mezbon shahri maqomini oladi. Portugaliya koronavirus pandemiyasidan eng kam ziyon ko‘rgan davlat sifatida qayd etilgani ushbu qarorga asos bo‘ldi, deyiladi manbada. Ammo yakuniy qaror 17 iyun kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Lissabondan tashqari Frankfurt, Moskva va Istambul shaharlari ham final uchrashuvi mezbonligi uchun da’vogarlik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!