
EChL. Javob bahsida "Chelsi"ning qo‘li baland keldi
EChLning 1/8 bosqichidan o‘rin olgan yana bir to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. "Chelsi" o‘z maydonida "Borussiya" Dortmundni 2:0 hisobida mag‘lub qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Dastlab, Sterling 43-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Kai Xavertts penaltidan gol urib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra, "Chelsi" nemislarni 2:1 hisobida mag‘lub qilgan holda chorak finalga chiqdi.
Fikrlar