EChL. "Real" - PSJ: "Galaktikos"chilar o‘rtasidagi jang!

  • 9 mart, 2022, 07:00
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun tungi soat 01:00da muxlis va mutaxassislarni jiddiy uchrashuv kutyapti. Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Real" - "Pari Sen-Jermen" jamoalari o‘rtasida ajoyib bahs bo‘lib o‘tadi. 

Dahshatli ko‘rinishdagi afisha. Eski qadrdonlar to‘qnashuvi. Messi yana "Santyago Bernabeu"ga qaytadi, Ramos ham qaytishi mumkin edi. Biroq uning jarohati bunga yo‘l qo‘ymadi. 

Bu bahs bilan parallel ravishda "Manchester Siti" - "Sporting" uchrashuvi ham start oladi. Shubhasiz, nom e’tibori bilan "Real" - PSJ har qanaqasiga "og‘ir tosh bosadi". 

"Real"

Madrid klubi yana barqaror holatga qaytib oldi. PSJga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek edi, go‘yo. Biroq hozir jamoa ancha o‘zini o‘nglab oldi. Jamoaning ichki chempionatdagi holati PSJnikiga o‘xshab ketadi. Farqi ”Real”ni 2-o‘rindagi klubdan 8 ochko ajratib turibdi. 

Nom va tarix jihatidan ”qirollik klubi” favoritdek ko‘rinsa-da, aslida, vaziyat unday emas. Baribir Messi, Neymar kabi yulduzlar ko‘p narsani hal qilib tashlashi mumkin. Shu bois, mehmonlarda kichik ustunlik bor, deb aytishimiz mumkin.

PSJ

Parijliklar har tomonlama xotirjam harakat qilmoqda. Chempionatda katta farq bilan oldinda.Chempionlar ligasida pley-offning 1-o‘yinini g‘alaba bilan yakunlagan. Shuningdek, tarkibda yulduzlar to‘la. Har biri yolg‘iz o‘zi muhim o‘yinlarni hal qilib qo‘yishga qodir. Neymar, Messi va Di Mariya etmaganidek, Mbappe ham ”Real”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda. Avvalroq, unda jarohat borligi aytilgandi.

Ushbu bahs oldidan Parij klubining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari yuqori. Sababi, ilk o‘yinda Pochettino shogirdlari o‘yin taraflama "Real"ni qiynab ko‘ygandi. Bugungi o‘yin oldidan "qirollik klubi"da yo‘qotishlar ko‘pligini inobatga olsak, parijliklarning vazifasi biroz osonroq. Biroq Chempionlar ligasidagi tajriba nuqtai nazaridan olib qarasak, tarozi pallasi tenglashadi. Shunday ekan, PSJ ilk o‘yindagi natijani unutgan holda, maydonga tushishi lozim.  

Uchrashuvlar tarixi

O‘yinlar soni : 8 ta

“Real“ : 3 g‘alaba

PSJ : 2 g‘alaba

Durang : 2 ta

"Real"ga oid yangiliklar

Kazemiro va Mendi ko‘p sariq kartochka olgani sabab diskvalifikatsiya qilingan.

Kroosning maydonga tushishi so‘roq ostida. Unda jarohat borligi aytilmoqda.

PSJga oid yangiliklar

Errera, Ramos va Bernat jarohat sabab bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. 

Mbappe va Paredes uchrashuvda ishtirok etishi noma’lum bo‘lib turibdi.

Murabbiylar fikri

Karlo Anchelotti: 

Eng yaxshi "Real" eng yaxshi PSJga qarshi kurasha oladi. Birinchi o‘yinda biz mukammal PSJni ko‘rdik. Ikkinchi bahsda optimal holatdagi "Real"ni ko‘ramiz.

Birinchi uchrashuvda o‘ylaganimizdek harakat qila olmadik. Bizga ularning bosimi xalaqit berdi.

Ayni payt nafaqat Mbappe, balki, Neymar va Messi uchun ham rejalarimiz bor. Muhimi, aql bilan kerakli natijani qo‘lga kiritish“.

Maurisio Pochettino:

“Real" tasodifan 13 marta chempionlar ligasida g‘olib bo‘lmagan. Bu klub qanchalar yuqori darajada ekanini ko‘rsatib turibdi.

Shunga qaramay, biz ulardan qo‘rqmaymiz. Hozirgi tarkib bilan kimdandir qo‘rqadigan ahvolda emasmiz.

Biz kurashishga tayyormiz. Mag‘lubiyat haqida o‘ylashning vaqti emas. Biz faqat ijobiy natija haqida bosh qotirishimiz kerak“.

Taxminiy tarkiblar

"Real" : Kurtua; Karvaxal, Militao, Alaba, Nacho; Modrich, Kamavinga, Valverde; Asensio, Benzema, Vinisius. 

PSJ : Navas; Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh; Geye, Verratti, Pereyra; Messi, Mbappe, Neymar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!