EChL. "Real"ning "Napoli"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi. Yo‘qotishlar ancha jiddiy!

  • 28 noyabr, 2023, 18:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari davom ettiriladi. 

Madridning "Real" klubi bu safar o‘z maydonida Italiyaning "Napoli" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs uchun "qaymoqranglilar"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.

Kurtua, Kepa, Militao, Modrich, Tchuameni, Kamavinga, Vinisius kabi futbolchilar ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. 

Eslatib o‘tamiz, madridliklar 4 o‘yindan so‘ng 12 ochko bilan "C" guruhida peshqadamlik qilmoqda. "Napoli" esa 7 ochko jamg‘arib, guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi.

real_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!