
Eddi Xirn: "Bu jang Joshua uchun Dyubua bilan revanshdan ko‘ra muhimroq"
Taniqli promouter Eddi Xirn mashhur bokschi Entoni Joshuaning ehtimoliy janglari haqida gapirdi.
"Entoni kelasi yilning may yoki iyun oylarida ringga qaytishni rejalashtirmoqda. Raqib sifatida esa Tayson Fyuri ko‘rilyapti. Chunki mazkur bahs Daniel Dyubua bilan revanshdan ko‘ra muhimroq. Rostini aytsam, menimcha, Joshua va Fyuri nima bo‘lishidan qat’iy nazar, yilning eng katta jangi bo‘ladi", - dedi Eddi Xirn.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xirn 35 yoshli sobiq chempionning faoliyatini yakunlash arafasida ekanini ma’lum qilgandi.
Fikrlar