
Ederson De Xeaning xatosini takrorlamoqchi emas
“Manchester Siti” darvozaboni Ederson “Chelsi”ga qarshi bo‘ladigan UEFA Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan penalti tepishni mashq qilmoqda.
TNT Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, braziliyalik golkiper “Dragau” stadionida kechgan final oldi mashg‘ulotlarida 11 penalti tepgan va ushbu zarbalarning 10 tasi gol bilan yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy hafta “Vilyarreal” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi Evropa ligasi finalida g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Shu kuni 22 ta penalti amalga oshirilidi va yakunda MYu darvozaboni David De Xea o‘zi yo‘llagan zarbani golga aylantira olmadi. Natijada chempionlik “Vilyarreal”ga nasib etdi.
“Manchester Siti” hamda “Chelsi” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu bahsni Uzreport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar