
Ederson "Manchester Siti" bilan xayrlashdi
Istanbulning "Fenerbaxche" klubiga yangi kelgan braziliyalik darvozabon Ederson Moraes Angliyaning "Manchester Siti" klubidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Men faxr tuyg‘usi bilan ketyapman. Biz birgalikda juda ko‘p narsaga erishdik. Bu libosni kiyganimdan faxrlanaman. Gvardiola bilan APL va Chempionlar Ligasida aql bovar qilmaydigan g‘alabalarga erishdik. "Siti"dagi barcha sobiq jamoadoshlarim va klub muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Bu hayotimdagi o‘ziga xos bosqich bo‘ldi", - deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi ingliz klubi matbuot xizmati.
Ederson sakkiz yil davomida "Man Siti" sharafini himoya qildi. "Shaharliklar" bilan birgalikda braziliyalik posbon 18 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar