Ederson o‘rniga boshqa posbon keladi

  • 16 mart, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” mutasaddilari asosiy darvozabon Edersonning jamoadan ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Braziliyalik posbonni anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari katta maosh va’da qilgan holda Angliyadan olib ketmoqchi.

Manchesterliklar Edersonga o‘rinbosar qidirishda davom etadi. Ayni paytda “shaharliklar”ga Mikele Di Gregorio ma’qul bo‘lib turibdi. Italiyalik darvozabon hozir “Yuventus” sharafini himoya qilmoqda.

Mikelening ishonchli va barqaror o‘yini Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ham ma’qul keladi.

27 yoshli Di Gregorio italyan futbolidagi eng yaxshi darvozabonlardan biridir. 2023–2024 yilgi mavsumda “Montsa”dagi o‘yinlari orqali liganing eng yaxshigolkiperi, deb topilishiga asos bo‘ldi. Shundan so‘ng, uni Turin superklubi transfer qildi.

Di Grigorio joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, shulardan 12 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!