
Ederson o‘rniga superdarvozabon topildi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi mavsum oldidan jamoaning asosiy darvozaboni masalasini hal qilishi talab etiladi.
Ederson anchadan beri klubni tark etmoqchi bo‘lib keladi. Braziliyalik posbon bu yoz ham shu masalani ko‘tardi.
Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, Ederson klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin “Siti” tark etishi mumkin. Unga Saudiya Arabistonidan mo‘may daromadli chorlovlar bo‘lyapti.
TEAMtalk nashrining yozishicha, klub rahbariyati “Barselona”da rahbariyat bilan ziddiyatga borgan Mark-Andre ter Shtegenni nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi.
Germaniya terma jamoasi darvozaboni “Barselona”ga 2014 yili olib kelingan. Uning klub bilan yana uch yillik shartnomasi bor. Biroq bu transferni 12 million evroga hal qilish mumkin.
Fikrlar