
Ederson Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Turkiyaning amaldagi chempioni "Galatasaroy" darvozabon Edersoni sotib olish uchun "Manchester Siti"ga taklif jo‘natdi.
Braziliyalik posbonni "Siti" 2017 yilda "Benfika"dan 40 million evro evaziga sotib olgan edi. "Shaharliklar"ning 31 yoshli darvazobon bilan amaldagi shartonmasi 2026 yilning yozida o‘z yakuniga etadi. Manchesterliklar safida 8 ta mavsum o‘tkazgan posbon klubni tark etishi mumkinmi?
Turkiya klubi "Siti"ga Edersonni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 3 million evrolik ilk taklifni jo‘natdi.
Ma’lumot uchun, Ederson "shaharliklar" safida jami 372 o‘yinda maydonga tushib, 168 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar