Eldor Shomurodovga “Zenit” va “Rubin” qiziqqan. Ammo u “Krasnodar”ga o‘tmoqda

  • 7 iyul, 2017, 13:12
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rossiyada davom ettirishga yaqin. Bu haqda Rossiya nashrlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “qaldirg‘ochlar” futbolchisini “Krasnodar” o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Ayni paytda har ikki tomon transfer bo‘yicha mayda detallarni hal qilishmoqda.

Xabarlarga qaraganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosining transfer narxi 600 ming evroni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Shomurodovning "Zenit" va "Rubin" kabi klublar ham qizishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!