Elina Svitolina chorak finalda o‘ynaydi
BAAda o‘tayotgan "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2018" turnirila chorak finalchilar nomi aniqlanmoqda.
Mazkur musobaqada dunyoning to‘rtinchi raqamli tennischisi ukrainalik Elina Svitolina ikkinchi davrada xitoylik Tszyan Vanga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan o‘yinda Elina raqibini 6:1, 5:7, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa musobaqaning chorak finalida Elina Svitolina va yaponiyalik Naomi Osaka o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar