
Elina Svitolina chorak finalga yo‘l oldi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan WTA musobaqasida ukrainalik Elina Svitolina chorak finaliga yo‘l oldi.
"China Open" turnirining uchinchi davrasida Elina amerikalik Sofiya Keninni uch setda 6:3, 6:7, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Elina Svitolina "Premera" turkumidagi musobaqaning chorak finalida gollandiyalik Kiki Bertens bilan kuch sinashadi.
Fikrlar