
Elit OChL. "Paxtakor" pley-off'ga chiqa oladimi?
"Paxtakor" Elit OChLning so‘nggi turida "Al-Sadd"ni mag‘lub qilib, 3 ochkoga ega chiqdi. Jamoa tarkibida Brayan Riaskos dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ikki goli "sherlar"ni pley-offga olib chiqishi mumkin, lekin buning uchun faqat g‘alabaning o‘zi etarli emas.
Ayni paytda "Paxtakor" turnir jadvalida 7-o‘ringa chiqib oldi. Jamoadan o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan klublar: "Persepolis", "Al-Garafa" va "Istiqlol".
"Persepolis" "An-Nasr"ga qarshi o‘ynamoqda. "Istiqlol" "Ar-Rayyan", "Al-Garafa" esa "Al-Ahli" bilan kuch sinashadi. Mazkur bahslardagi Eron va qatarliklarning mag‘lubiyati "Paxtakor"ni pley-off'ga olib chiqadi.
Fikrlar