Elize Mertens Ukraina go‘zalini xafa qildi

“Australian Open – 2018” musobaqasining xotin-qizlar o‘rtasidagi chorak final bahsida ukrainalik Elina Svitolina mag‘lubiyatga uchradi.

Elina “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirning mazkur bosqichida belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Elize raqibiga bor yo‘g‘i to‘rt geymni yutqazib qo‘ydi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U musobaqaning yarim finalida daniyalik Karolin Voznyatski va ispanilik Karloy Suares Navarro uchrashuvi g‘olibiga qarshi raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!