
Emiliano: "Ikkinchi marta JCh g‘olibligini qo‘lga kiritsak, men shu zahoti terma jamoadagi faoliyatimni tugataman"
Argentina terma jamoasi posboni Emiliano Martines qachon terma jamoadagi faoliyatini tugatishini aytdi. Lionel Skaloni shogirdlari CONMEBOL mintaqasida allaqachon Jahon chempionati yo‘llanmasi naqd qildi.
"Agar biz ketma-ket ikkinchi marotaba Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritsak, men shu zahoti terma jamoadagi faoliyatimni tugataman. Bu natijadan keyin yoshlarga joy bo‘shatishimiz kerak bo‘ladi", - dedi 32 yoshli darvozabon.
Eslatib o‘tamiz, Qatarda o‘tkazilgan oxirgi Mundialda Argentina terma jamoasi Franiyani mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar