Endi bu mavsum maydonga qaytmaydi! Angliya grandida katta yo‘qotish...

  • 12 fevral, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Dubayda qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etgan edi.

Tecno

Bu erdagi mashg‘ulotlar jamoaga qimmatga tushdi. Yig‘in davomida jamoaning asosiy hujumchilaridan hisoblangan Kay Xaverts jarohat olgandi.

Tekshiruvlar futbolchining tizza paylari uzilganini ko‘rsatdi. Endi nemis futbolchisi mavsumning qolgan qismida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn ma’lumot berdi

“Arsenal” Xavertsni 2023 yilning yozida “Chelsi”dan 75 million evroga transfer qilgan edi. “Bayer” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 25 yoshli hujumchi Angliya Premer-ligasiga 2020 yili kelgan. Biroq “Chelsi”da uning ishlari yurishmadi. Shundan so‘ng, hujumchi “Arsenal”ga o‘tishga qaror qildi.

Joriy mavsumda Xaverts “kanonirlar” safida barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!