Endi ular kerak emas: “Barsa” sakkiz futbolchidan voz kechishga qaror qildi

  • 14 may, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoa La Ligada muvaffaqiyatli ishtirok etayotganiga qaramay, yozgi transferlar vaqtida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi.

Tecno

Xans-Diter Flik xalqaro miqyosda, xususan Evropa Chempionlar ligasida bosh sovrin uchun kurashishga qodir jamoa shakllantirishga bel bog‘lagan.

Kataloniya klubi o‘zining moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, yangi ijrochilarni olish uchun tarkibdagi bir necha futbolchilardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, murabbiylar shtabi o‘n nafarga yaqin o‘yinchining ketishini kutyapti. Birinchilardan bo‘lib klubni darvozabon Inyaki Penya tark etishi ancha oldin aniq edi. Ronald Arauxo va Ektor Fort ham kelasi mavsum uchun o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

“Barselona” mutasaddilari Fermin Lopes, Gavi, Pabo Torre, Frenki de Yong bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Bundan tashqari, o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Ansu Fatining ham Kataloniyadagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Klub jo‘yali taklif tushsa, bu o‘yinchini ham ushlab qolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!