Eng zo‘r murabbiy men ekanimni bilishdi!

  • 20 iyun, 2024, 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘ziga yuqori baho berib, klub bilan hamkorlikni uzaytirish borasida muzokaralar davom etayotganini bildirdi.

Tecno

- Men haqiqatan ham, “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib boryapman. Kelishib olish jarayoni oson bo‘lmaydi.

Klubdagilar Tomas Txel bilan muzokara qilishganini ham aytishdi. Oxir-oqibat, ular klubda hozir eng zo‘r murabbiy ishlayotganiga amin bo‘lishdi, - dedi Erik ten Xag.

Niderlandiyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni 2022 yilning yozida qabul qilib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!