Engilmas jamoa Ronalduni Evropaga qaytaryapti

  • 23 may, 2024, 21:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumni Evropada boshlashi  mumkin.

Germaniyaning  Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Bundesligani mag‘lubiyatsiz yakunlab, o‘z tarixida ilk bor chempionlikka sazovor bo‘lgan “Bayer” 39 yoshli yulduzga o‘z tarkibidan joy berishga tayyor.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu transfer tashabbuskori “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso ekan. U o‘z jamoasini Evropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirokini bu turnirda eng ko‘p gol urgan Ronaldu yordamida ta’minlamoqchi.

Xabi Alonso Krishtianuning imkoniyatlarini yaxshi biladi va u bilan do‘stona munosabatga ega. Alonso Ronaldu bilan 2009-2015 yillar davomida “Real”da birga o‘ynagan.

Vaziyatni kuzatib borayotgan ayrim mutaxassislar Krishtianu Ronaldu yana Chempionlar ligasida o‘ynash uchun “Bayer” taklifini qabul qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
24/05/2024 01:06
Ажойиб боларди лекин, Рози болармикин Роналду?