Enrike Messi, Suares va Albaning hozirgi darajasini baholadi

  • 29 iyun, 16:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike nimchorak finalda “Inter Mayami”ga qarshi uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Agar biz pressing qila olmasak, ularga bosim o‘tkazishimiz qiyin kechadi. To‘pni egallay olmasak, ahvol yomon bo‘ladi. Chunki Buskets hamon yuqori darajada, u o‘zgarmagan, Messi hozir ham top bilan muomalada tengsiz. Luis Suaresga kelsak uning so‘nggi golini ko‘rdingiz, qanday mahorat. Jordi Alba ham o‘sha-o‘sha darajasida. 

Bu futbolchilar futbolda 10 soniya bo‘shashsa, buning oqibati nima bo‘lishini oldindan biladi. Ularning darajasi va mahoratiga shubha yo‘q.  Men “Mayami”ning turnirdagi uchala o‘yini va avvalgi o‘yinlarini ham ko‘rdim, ularda haqiqatdan ham shu yuqori daraja mavjud.

Futbol olamida Leoning Albaga uzatmalarini hamma biladi, ammo bu har bir o‘yinda takrorlanadi. Maskeranodek murabbiyga qarshi biz ajoyib o‘yin ko‘rsatib, shiddatni kerakli darajada saqlab qolamiz yoki ular o‘yinni osonlik bilan yutib olishadi, bunga shubha yo‘q”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bu jamolar o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!