Entoni Gordon: "Hatto "Chelsi" va "Manchester Siti" ham "Barselona"dek to‘pni nazorat qila olmaydi"

  • 19 sentabr, 15:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" vingeri Entoni Gordon "Barselona"ning to‘p bilan munosabatda bo‘lish mahoratidan hayratda qoldi. Payshanba kuni kataloniya klubi Angliyada "Nyukasl"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, bu g‘alabaga Markus Reshfordning dubli sabab bo‘ldi. Mezbonlardan faqat Gordon gol kiritdi. U o‘yindan keyingi intervyusida raqibning o‘yini unga kutilmagan taassurot qoldirganini aytdi.

Tecno

"Rostini aytsam, biz bunday darajada to‘pni nazorat qiladigan futbolchilarga qarshi ko‘p o‘ynamaganmiz. Ha, biz "Manchester Siti" va "Chelsi"ga qarshi to‘qnashganmiz, lekin ular ham bu darajada juda zo‘r harakat qilishmaydi", – dedi Gordon.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichi ikkinchi turida Eddi Xau jamoasi "Yunion Sent-Jilluaz"ga qarshi bahs olib boradi, "Barselona" esa PSJ bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!