Enzo Fernandez agenti uning "Chelsi"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 04.04.2026 00:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandezning agenti Xavyer Pastore futbolchining shartnomasini uzaytirish borasidagi muzokaralar haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan.

“Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Biz taxminan dekabr yoki yanvar oylarida muloqotni boshladik, ammo kelishuvga erisha olmadik. Enzoning amaldagi shartnomasi yana olti yilga mo‘ljallangani uchun uni uzaytirmaslikka qaror qildik. Chunki taklif etilgan shartlar na bizga, na futbolchining o‘ziga mos keldi.

Agent futbolchining hozirgi darajasiga alohida urg‘u berdi:

“Enzoning bugungi darajasini inobatga olsak, u hozir olayotgan maoshidan ancha ko‘proqigina loyiq. Ammo klub bu masalada yetarlicha real yondashmadi.”

Shuningdek, u muzokaralar vaqtincha to‘xtatilganini ta’kidladi:

“Hozir jamoa oldida muhim vazifalar bor — xususan, Chempionlar ligasiga chiqish. Shuning uchun barcha e’tiborni o‘yinlarga qaratdik. Jahon chempionatidan so‘ng yana muzokara stoliga qaytamiz. Agar kelishuvga erishilmasa, boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqamiz.”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!