Enzo Mareska “Real”ni boshqaradimi?

  • 20.01.2026 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yilning 1 yanvar kuni “Chelsi” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan italyalik mutaxassis “Real”ni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Tajriba­li mutaxassis nomzodi “Qirol­lik klubi” bosh murabbiylik uchun ko‘rib chiqayotganlar ro‘yxatiga kiritildi.

Bu haqida Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Qirol­lik klubi” rahbariyati uchun eng afzal variant hali ham Zinedin Zidan bo‘lib turibdi. Biroq fransiyalik mutaxassis bilan “Real” prezidenti Florentino Peres o‘rtasidagi munosabatlar avvalgidek mustahkam emas. Shuningdek, Zidan 2026 yildagi jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasini boshqarishni istayapti.

Enzo Mareska 2024 yil iyulidan 2026 yil yanvarigacha “Chelsi” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Uning qo‘l ostida londonliklar Konferensiyalar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozo­n­gan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!