Enzo Fernandez: U chinakam mahluq
«Manchester Siti»ning argentinalik yarim himoyachisi Enzo Fernandez Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Portu»ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoadoshi Erling Holanning o‘yini haqida fikr bildirdi.
Fernandesning aytishicha, u Holandni haqiqiy maydon «maxluqi» deb biladi. Uning ta’kidlashicha, norvegiyalik to‘purar uchun har doim qulay pas izlashga harakat qiladi, chunki Erling imkoniyati boricha ko‘proq gol urishini istaydi.
«Gap faqat uning ajoyib futbolchi ekanida emas. U juda yaxshi inson ham. Klubga kelganimda meni juda iliq qabul qildi», — dedi Fernandes.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» safarda «Portu»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkala gol ham manchesterliklar safida Erling Holand tomonidan urildi.

Fikrlar