
Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni “Ayaks”ga aylantiryapti
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag joyini saqlab qolganidan keyin tarkibni o‘ziga moslashtirishga urinmoqda.
Niderlandiyalik mutaxassis tanloviga e’tibor qaratsak, u o‘z mamlakati futbolidan etishib chiqqan o‘yinchilarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
Erik ten Xag klub xo‘jayinlaridan “Vest Xem” yarim himoyachisi Edson Alvaresni olishni so‘radi. Bu futbolchi bir paytlar “Ayaks”da Erik ten Xag qo‘l ostida to‘p tepgan.
26 yoshli meksikalik futbolchi “Ayaks”dagi faoliyatidan keyin o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tgandi.
Erik ten Xag Alvaresdan tashqari Frenki de Yong va Matteys De Ligt kabi ilgari “Ayaks”da o‘zi bilan ishlagan futbolchilarni ham Manchesterga olib kelishga urinmoqda.
Fikrlar