
Erik ten Xagga yangi jamoa topildi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘ziga berilgan vaqt ichida jangovar jamoa tashkil qila olmadi.
Niderlandiyalik mutaxassis shogirdlariga barqarorlik etishmayapti. Shu bois, klub mutasaddilari yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
Daily Mail nashrining yozishicha, Erik ten Xag ham ishsiz qolmaydi. Bu mutaxassis xizmatiga “Ayaks” qiziqish bildiryapti.
Amsterdamliklar milliy chempionatda bo‘sh o‘yin ko‘rsatyapti. Klub rahbariyati bosh murabbiyni o‘zgartirishga qaror qilgan. Erik ten Xag Manchesterga kelishidan avval “Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqargani bois, hozir ham bu lavozimga asosiy nomzod hisoblanadi.
Fikrlar