
Eriksen A Seriyaning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi
Bugun "Tottenxem"dan "Inter"ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Kristian Eriksen Italiya A Seriyasining eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra ayni damda uning transfer narxi 90 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli daniyalik futbolchi “Inter”ga 20 mln evro evaziga ko‘chib o‘tdi. Uning “neradzurrilar” safidagi yillik maoshi esa 10 mln evroni tashkil etadi.
A Seriyaning eng qimmat futbolchilari top-10:
- Kristian Eriksen ("Inter") – 90 millionov evro
- Paulo Dibala ("Yuventus") – 85
- Lautaro Martines ("Inter") – 80
- Matteys de Ligt ("Yuventus") – 75
- Romelu Lukaku ("Inter") – 75
- Kalidu Kulibali ("Napoli") – 75
- Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") – 75
- Sergey Milinkovich-Savich ("Latsio") – 70
- Miralem Pyanich ("Yuventus") – 70
- Federiko Keza ("Fiorentina") – 60.
Fikrlar