Erling Xoland "Napoli"ga qarshi o‘yinda rekord o‘rnatdi

  • 19.09.2025 17:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" a’zosi Erling Xoland "Napoli" bilan bahsda (2:1) gol kiritib, rekord o‘rnatdi.

Xoland Chempionlar ligasi tarixida eng tez 50 ta gol urgan futbolchi bo‘ldi. Bu natijani qayd etish uchun norvegiyalik 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Oldingi rekord Rud van Nistelroyga tegishli bo‘lib, u 62 ta bahsda 50 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, Erling Evropa qit’asining eng nufuzli turniri tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, "shaharliklar"ning navbatdagi o‘yini 21 sentayabr kuni APL doirasida "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!