
Eron - O‘zbekiston. Muhim bellashuv oldidan prevyu
Jahon chempionati saralash guruh bosqichining navbatdagi turida O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Eron bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston 20 mart kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar so‘nggi olti o‘yinda ko‘p gol urishga qiynalmoqda. Jamoa raqib darvozasiga beshta to‘p kiritgan va bu uchrashuvlarning ikkitasida umuman gol ura olmagan.
Murabbiy Timur Kapadze durang natija ham Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish uchun etarli bo‘lishi mumkinligini biladi. Sababi, ular uchinchi o‘rindagi Birlashgan Arab Amirliklaridan olti ochko oldinda va o‘ynalishi kerak bo‘lgan faqat ikkita o‘yin qolmoqda. G‘alaba esa deyarli yo‘llanmani kafolatlaydi.
"Oq bo‘rilar" ketma-ket uch o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan - ikkitasida g‘alaba qozonishgan. E’tiborli jihati oxirgi to‘qqizta o‘yinning oltitasida ham zafar quchgan.
O‘zbekiston safardagi o‘yinlarda kuchli natija ko‘rsatmoqda: so‘nggi 13 ta mehmondagi uchrashuvdan faqat ikkitasida mag‘lub bo‘lgan va sakkiz marta g‘alaba qozongan.
Eron esa 20 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 19 ochko to‘pladi. Agar 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston bilan durang o‘ynasa ham, avtomatik ravishda mundialga yo‘llanmani naqd qiladi.
Mezbonlar BAAga qarshi o‘yinda katta ustunlikka ega bo‘ldilar. Sababi, ular to‘rtta katta imkoniyat yaratib, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Eron so‘nggi bahslarda raqib darvozasi oldida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Buni jamoa so‘nggi to‘rt o‘yinda 12 marta darvozani ishg‘ol qilganidan sezish mumkin.
10 oktyabr kuni O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda Amir G‘alenoyi jamoasi durang o‘ynadi. Biroq, jamoaning 57-daqiqadan keyin bahsni 10 kishi bilan davom ettirib, ochko olishga erishgani tahsinga sazovor.
Eron o‘z maydonida ham ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda. Ular o‘z maydonida kechgan so‘nggi 15 ta o‘yinning 13 tasida g‘alaba qozonib, bir marta mag‘lub bo‘lgan.
Shunday ekan, "Ozodi" stadionida bo‘lib o‘tuvchi Eron - O‘zbekiston qarama-qarshiligi saralash bosqichi navbatdagi turining markaziy bahslaridan biri bo‘ladi. Nafaqat ikki davlat muxlislari, balki futbolsevar barcha osiyolik muxlislarning e’tibori qaratiluvchi ushbu to‘qnashuvda jamoalarning harakatlariga mos natija kutib qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, ikki klub o‘rtasidagi bo‘lajak to‘qnashuv 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar