
Eron pro-ligasi. Jaloliddin Masharipov jamoasi qimmatli ochkolarni boy berdi
Biroz avval Eron Pro-ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Nassaji Mozandaron" va "Istiqlol" o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Gollarga boy o‘tgan mazkur o‘yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Mezbon jamoadan Yamga va Pakdel kiritgan to‘plarga tehronliklardan Ramin Rizoyan va Abulfazl Jaloli javob qaytara oldi.
Bellashuv so‘ngida "Istiqlol" himoyachisi Ruzbex Cheshmi qizil kartochka bilan jazolandi. Shunday qilib, Texron jamoasi navbatdagi qimmatli ochkolarni boy berdi.
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov mazkur bahsda to‘liq 90 daqiqa davomida faol harakatlandi.
Fikrlar