Eron ustozi: Menimcha, foydamizga ikkita penalti bor edi

  • 10 oktabr, 2024, 21:45
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida bir nechta yaxshi imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, darvozalar ishg‘ol qilinmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Mehmonlar esa bir kishi kam bo‘lib qolishgandi. 

Ushbu bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida forslar ustozi Amir Galenoining fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

O‘yin haqida 

- Hammaga assalomu alaykum. Ikkala jamoa ham juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Bir nafar futbochlimizni yo‘qotganimiz achinarli bo‘ldi. Ammo shunga qaramay futbolchilarim yaxshi uchrashuv o‘tkazdi. Men futbolchilarimdan faxrlanaman. Menimcha, biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Biz ko‘proq to‘p nazoratini qildik va ko‘proq darvoza tomon zarba yo‘lladik. Shuningdek, 3 ta bellashuvda quruq o‘yin o‘tkazganimizni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerak. Menimcha, bizda ikkita penalti bor edi. Birinchisi to‘p qo‘lga tekkan vaziyat, ikkinchisi esa Sardor Azmunga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik. 

- Bir kishi kam bo‘lib ham Toshkentdan g‘alaba bilan ketmoqchi edingizmi?

- Menimcha, bu savolga o‘zingiz javob bera olasiz. Bitta o‘yinchimizni yo‘qotganimizdan so‘ng bizda ikkita penaltiga tortadigan vaziyat bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni juda ko‘p seyvlar amalga oshirdi. Bundan tashqari, hakam qo‘shib bergan daqiqalarda ko‘plab burchak zarbalariga ega bo‘ldik. Fikrimcha, Toshkentda ikki ochko yo‘qotdik. 

- Ikkita vaziyatda ham yaqqol penaltini berishmadi. Bu borada fikringiz qanday?

- Mening fikrimcha, bu erda penalti bor edi. Biroq bu faqatgina mening fikrim. Shu kabi holatlar futbolda bo‘lib turadi. Misol uchun, Germaniya - Ispaniya bahsida ham bahsli holat vujudga kelgan va UEFA buni 1.5 oydan so‘ng aniqlagan. 

- Eronga berilishi kerak bo‘lgan penalti haqida fikr bildirdingiz. Biroq sizning jamoangiz tomonidan ham o‘z jarima maydonchangiz ichida bir necha shubhali vaziyatlar bo‘ldi. Shular haqida nima deya olasiz? 

- Biz o‘sha to‘p qo‘lga tekkan vaziyatni takroriy vaziyatini ko‘rdik va bu penalti edi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yin o‘tib bo‘ldi. Ta’kidlash kerak, mazkur bahs saralashdagi eng yaxshi to‘qnashuvlardan biri bo‘ldi. Erondan kelgan muxlislarga va jurnalistlarga katta rahmat aytaman. Biz endi keyingi uchrashuv haqida o‘ylashni boshlaymiz. 

- 3 ta o‘yindan beri jamoangiz quruq o‘yin o‘tkazib kelyapti. Buning siri nimada? 

- Bizda hozirda 4 ta quruq o‘yin va bularning ikkitasi O‘zbekistonga qarshi bellashuvlarda. Eron terma jamoasining himoyasi juda ham kuchliligini ta’kidlab o‘tishim kerak. Shuningdek, Ali Nematining debyuti ham o‘ta ajoyib bo‘ldi. Ьu bilan futbolchini tabriklayman. Uni endi terma jamoada ko‘proq ko‘ramiz. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
кино новинка
10/10/2024 23:59
Судя зам факат сизлар томон бу́лди ВАРни хисобга олмаганда