
Eron va BAA'ga qarshi o‘yinlar oldidan jiddiy yo‘qotish
O‘zbekiston terma jamoasini kelasi FIFA kunlarida juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Srechko Katanets shogirdlari dastlab Eron, undan keyin BAA jamoalarini qabul qiladi. Ammo bizga bu uchrashuvlarda bir futbolchimiz yordam bera olmasligi mumkin.
"Persepolis" vingeri Oston O‘runov bir oyga safdan chiqqani haqida mish-mishlar bor. U "Al-Ahli" bilan bo‘lib o‘tgan bellashuvdan keyin jarohat olib, "Paxtakor"ga qarshi o‘yingacha qaytgandi, lekin futbolchining yana lazaretdaligi ma’lum bo‘lmoqda.
O‘runov Katanetsning qaydnomasidan joy olgandi, lekin endi vingerga alternativ variant topish kerak bo‘ladi.
Fikrlar