Eronlik sharhlovchi: "Men faqat Oston O‘runovning 75 daqiqa ichida 19 marta qilgan driblingiga e’tiborimni qaratdim"

  • 9 sentabr, 15:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron futbol sharxlovchisi terma jamoamiz a’zosi Oston O‘runov haqida gapirdi.

Tecno

Xabaringiz bor, kecha CAFA Nations Cup musobaqasining final o‘yini o‘tkazildi va O‘zbekiston terma jamoasi Eron ustidan tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Mag‘lubiyatdan so‘ng eronlik taniqli sharxlovchi Mazdak Mirzeyi kechagi bahs to‘g‘risida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikr bildirdi. 

"Terma jamoamizning 13 yildan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgani haqida to‘xtalmoqchi emasman, men faqat “Persepolis” futbolchisi Oston O‘runovning 75 daqiqa ichida 19 marta qilgan driblingiga e’tiborimni qaratdim”- deb yozgan 54 yoshli sport sharxlovchisi. 

Ma’lumot o‘rnida, kechagi finalning birinchi taymidan so‘ng Oston O‘runov “Navbahor” jamoasi vingeri Ruslanbek Jiyanovning o‘rniga maydonga tushirildi. Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodovning foydalana olmagan penaltisini aynan O‘runov ishlab bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!