Ertaga Do‘smatov, Jalolov, Halakov va yana 8 nafar bokschimiz jang qiladi

  • 16 may, 2024, 19:51
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ertaga Rossiyaning Xabarovsk shahrida o‘tkazilayotgan “Konstantin Korotkov” xalqaro Xotira turnirida erkaklar o‘rtasida yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Kun davomida esa 11 nafar bokschilarimiz ringga ko‘tariladilar. 

Yarim final bahslarini o‘tkazadigan vakillarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-54 kg: Hasanboy Do‘smatov - Denis Solotskix (Bellarus’)

-54 kg: Shahzod Muzafarov - Hojiakbar Mamayusupov (Rossiya)

-57 kg: Abdumalik Halokov - Seul Park (Janubiy Koreya)

-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Vladislav Smalovskiy (Bellarus’)

-67 kg: Ruslan Abdullaev - Ilgar Salahov (Ozarbayjon)

-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - German Manoungu (Kongo)

-80 kg: To‘rabek Habibullaev - Timofey Mikshenko (Rossiya)

-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Andrey Masalov (Bellarus’)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Denis Matsulev (Bellarus’)

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Nikita Nagorniy (Bellarus’)

+92 kg: Bahodir Jalolov - Kesten Okenebulor (Nigeriya)

Bahslarning birinchi qismi Toshkent vaqti bilan tongi 07:00 da va ikkinchi qismi soat 11:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!