
Eshli Barti chorak finalga yo‘l oldi
Avstraliyalik tennischi Eshli Barti Mayami musobaqasining ayollar o‘rtasidagi dastlabki chorak final ishtirokchisiga aylandi.
"Premera" turkumisha kiruvchi turnirning to‘rtinchi davrasida Eshli gollandiyalik Kiki Bertensni 4:6, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Miami Open" chorak finaliga yo‘l olgan Barti chexiyalik Petra Kvitova, yoki frantsiyalik Karolin Garsiyaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar