
ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi bokschisi aniqlandi
Uch vazn toifasida jahon chempioni va pound-for-pound reytingi etakchisi amerikalik Terens Krouford ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Mukofot nomzodlar orasida Aleksandr Usik, Naoya Inoue va Seniesa Estrada ham bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 3 avgust kuni Terens WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi va birinchi o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jang qiladi.
Fikrlar