
Etarlicha baholanmayotgan APL yulduzlari
Britaniyaning The Times nashri muxbiri Jeyms Girbrant Angliya premer-ligasining etarlicha baholanmayotgan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
E’tiborlisi, ushbu tarkibda Sesar Aspilikueta va Risharlison kabi futbolchilarni ham ko‘rish mumkin.
Darvozabon: Visente Guaita ("Kristal Pelas").
Himoyachilar: Jeyms Tarkovski ("Bernli"), Konor Koudi ("Vulverxempton"), Viktor Lindelef ("Manchester Yunayted"), Sesar Aspilikueta ("Chelsi"), Jorj Boldok ("Sheffild Yunayted").
Yarim himoyachilar: Uilfred Ndidi ("Lester"), Oliver Norvud ("Sheffild Yunayted"), Emiliano Buendia ("Norvich"), Jek Grilish ("Aston Villa").
Hujumchilar: Risharlison ("Everton").
Fikrlar