"Evro-2024"da turnir rekordi yangilandi

  • 17 iyun, 2024, 20:13
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ruminiya terma jamoasi hujumchisi Denis Dregush Ukraina terma jamoasi bilan 2024 yilgi Evropa chempionati guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Avvalroq, ruminiyalik yarim himoyachilar Nikolae Stanchu va Rezvan Marin raqib jamoasi darvozasiga jarima maydonchasi tashqarisidan gol kiritishgandi.

Shu tariqa, ayni damda "Evro-2024"startidagi 25 ta goldan 8 tasi (32%) uzoq masofadan kiritilgan. Bu Evropa chempionatlari tarixidagi jarima maydonchasi tashqarisidan kiritilgan gollarning rekord foizidir.

Baxs myunxendagi (Germaniya) "Alyants-Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Glenn Nyuberg (Shvetsiya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuvda 3:0 hisobida Ruminiya termasi foydasiga hal bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, "Evro-2024"da Ruminiya va Ukraina terma jamoalari "E" guruhida o‘ynaydi. Ularning guruh bosqichidagi raqiblari Belgiya va Slovakiya terma jamoalaridir.


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!