Evropa jamoalari birgalikda katta rekord o‘rnatdi

  • 28 noyabr, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

26-27 noyabr kunlari Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ishtirok etayotgan jamoalar beshinchi tur doirasida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Tecno

Bellashuvlar davomida muxlislar 67 ta gol guvohi bo‘ldi.

UEFA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu ko‘rchatkich yangi rekord natija sifatida qayd etildi.

Avvalgi rekord 2000-2001 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining birinchi turida o‘rnatilgan edi. O‘shanda jamoalar 16 ta o‘yinda 63 ta to‘p kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yildan e’tiboran UEFA o‘z tasnifidagi uchta xalqaro musobaqani yangi formatda tashkil qiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!