
Evropada engilmagan bir jamoa qoldi
Evropa milliy chempionatlari qizg‘in pallaga kirdi. Ligalarda sovrinli o‘rinlar va yuqori divizionda joyini saqlab qolish uchun kurashadigan jamoalar saralanib qoldi.
“Bayer” ayni paytda Evropa davlatlari ligalarida yuqori divizion vakillari orasida hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib qoldi.
Bundesliganing 14-turida leverkuzenliklar “Shtutgart” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bungacha mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan “Bvariya” kutilmaganda “Ayntraxt”dan 1:5 hisobida engildi.
“Bayer” futbolchilari 14 o‘yindan 11 tasida raqiblaridan ustun kelgan va uchta bahsni durang bilan yakunlagan.
Fikrlar