Fabregas Alonso va Vinisius haqida: "Jamoadan hech kim ustun emas"

  • 12.05.2026 13:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Real"dagi Xabi Alonso va Vinisius Zhunior oʻrtasidagi ehtimoliy tushunmovchilik haqida fikr bildirdi.

"Bu shunday pallaki, unda toʻgʻri qaror qabul qilishga tayyor boʻlish kerak. Murabbiy sifatida sizni kuchli qiladigan jihat — avvalo jamoa manfaatini oʻylashdir.

Hech kim jamoadan yaxshi emas, hech kim jamoadan kuchli emas va hech kim jamoadan ustun turmaydi.

Agar sizda ahil va kuchli jamoa boʻlsa, uni buzmoqchi boʻlganlar istagan ishini qilishi mumkin. Lekin baribir jamoa hurmatini qozonasiz va uzoq muddatda eng yaxshi natijalarga erishasiz", — dedi Fabregas "COPE" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!