
FAKT! "Nasaf" "So‘g‘diyona"ga qarshi 41 o‘yinning 32 tasida g‘alaba qozongan
Qisqa tanaffusdan so‘ngYu "ajdarlar" Jizzaxga safar qiladi. "Nasaf" Superliganing 23-turida "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ladi. Bellashuv 20 noyabr kuni Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv soat 15:00 da boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatida hozirga qadar 41 bor kuch sinashgan. Yaqqol ustunlik qarshiliklar tomonida. 7 uchrashuvda jizzaxliklar, 32 o‘yinda "ajdarlar" zafar quchgan. 2 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi 33-89 "Nasaf" foydasiga.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: "So‘g‘diyona" – "Nasaf" 3:2, "Nasaf" – "So‘g‘diyona" 4:0.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro o‘yinni 2020 yili 17 avgust kuni Bekobodda o‘tkazgan. Bu uchrashuvda "ajdarlar" 3:0 hisobida yirik g‘alaba qozongan. Gollarga Islom Kenjaboev, Bobir Abdixoliqov va Husayn Norchaev mualliflik qilgan.
E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
17.08.2020 Nasaf — So‘g‘diyona 3:0
27.11.2019 So‘g‘diyona — Nasaf 1:1
31.03.2019 Nasaf— So‘g‘diyona 3:1
29.11.2018 So‘g‘diyona — Nasaf 0:1
23.10.2018 Nasaf — So‘g‘diyona 3:0
Fikrlar