Fakt! “So‘g‘diyona” Muborakdagi 12 o‘yindan faqatgina 1tasida zafar quchgan xolos

  • 12 oktabr, 2017, 16:47
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” va “So‘g‘diyona” oliy ligada 25 bora to‘qnash kelishgan. Natijalar “gazchilar”ning katta ustunligini ko‘rsatmoqda.

Tecno

“Mash’al” hamda “So‘g‘diyona”  oliy ligada shu kungacha 25 bor kuch sinashishgan. “Mash’al” hisobida 11 g‘alaba, “So‘g‘diyona”da esa 7 ta g‘alaba mavjud. 7 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqida ustunlik “gazchilar” tomonida: 34:26. O‘zaro o‘yinlarda “Mash’al” 40 ochko, “So‘g‘diyona” 28 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Mash’al”ning eng yirik g‘alabasi 5:1, “So‘g‘diyona”niki esa 3:1 bo‘lib turibdi.

Birinchi davraning 9-turda Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar yirik 3-0 hisobida g‘alaba qozongan. Gollarni Sunnatilla Mamadaliev, Sanjar Rashidov, Ixtiyor Toshpo‘latov kiritishgan.

“Mash’al” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:

16.09.2016 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 1:1

18.09.2015 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 0:0

03.08.2014 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 3:2

21.05.2011 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 1:1

09.11.2009 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 2:0

02.11.2008 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 0:0

10.08.2006 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 3:0

15.04.2005 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 5:1

10.03.2004 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 0:1

16.11.2002 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 1:0

31.05.1996 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 1:1

07.10.1995 «Mash’al» — «So‘g‘diyona» 2:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Muborakdagi  12 ta o‘yindan 6 tasida “Mash’al”, 1 tasida “So‘g‘diyona”  g‘alaba qozongan. 5 ta o‘yinda durang natijasi qayd etilgan. Oxirgi sakkiz yilda “So‘g‘diyona” safarda “Mash’al”ni mag‘lub eta olmagan.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Abduraxmon Qo‘ldoshev (Buxoro), Xusniddin Shodmonov (Buxoro), Igor Gormashev (Toshkent).

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Lyotkin Valeriy Nikolaevich

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!