Fanat Qahramonov imkoniyatni boy berib qo‘ydi

  • 8 mart, 2020, 22:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyadagi boks bo‘yicha litsenzion turnirda Fanat Qahramonov (-75 kg) ham ringga ko‘tarildi. U mubolag‘a bo‘lmasa, turnirning mazkur vazn toifasidagi eng kuchlisi qozog‘istonlik Abilxan Amankul bilan chorak finalda to‘qnash keldi. Bu vaznda Tokio Olimpiadasi uchun 5 ta yo‘llanma o‘ynaladi. Mazkur jangda g‘alaba qozongan bokschi yarim finalga yo‘l olish barobarida Tokio Olimpidasiga litsenziyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritsa, mag‘lub bo‘lgani 5-yo‘llanma uchun o‘tish bosqichida ishtirok etardi.

Tecno

Jangning birini raundi himoyaviy tarzda yaqin masofadan olib borildi. Har ikkisida ham bir qator aniq zarbalar yo‘llashdi. Biroq qozog‘istonlik bokschida bunday zarbalar nisbatan ko‘proq bo‘ldi.

Ikiknchi va uchinchi raundda ham ajoyib jang bo‘ldi. Yakunda, afsuski yurtdoshimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yarim final ostonasida to‘xtadi. Lekin unda imkoniyat bor. Chunki 5-yo‘llanma uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alixujaev
09/03/2020 11:01
Хеч киси йук! Аманкул бу вазндаги энг кучлиси! Фанат эса хали ёш, 5-йулланма олгач, Олимпиадада уч олиш мумкин.