Farruh Sayfiev "Paxtakor" va Superligada ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha etakchi (foto)

  • 15.12.2023 15:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" klubi statistik ma’lumotni taqdim etdi. Unga ko‘ra, yakuniga etgan mavsumda qanot himoyachilarining golli uzatmalari borasida o‘zlarini ko‘rsatishgani yuzasidan xabar berilmoqda.

Jumladan, Farruh Sayfiev Superligada 8, Hojiakbar Alijonov esa 7 marta golli uzatmalar muallifiga aylanishdi. Jamoaning chempionatdagi yarim gollarida aynan ular ishtirok etishgan.

Sayfiev nafaqat “Paxtakor”, balki Superliganing eng yaxshi assistenti bo‘ldi. Shuningdek, Dilshod Saitov ham barcha musobaqalarda 6 bor sheriklariga gol urishda so‘nggi uzatma bilan ko‘maklashgan.

Quyidagi jadvalda Superliga, OChL va Kubok (O‘zbekiston Kubogi va Superkubok)dagi ko‘rsatkichlar aks etgan.

paxtakor golli uzatma

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!